Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 3-may kuni qirolicha Yelizaveta II dan parlamentni tarqatib yuborishni so‘radi. Bu 25 kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan saylov jarayoni bilan bog‘liq taklifdir, deb xabar beradi “RBK”.
Hukumat rahbarining qirolicha bilan uchrashuvi rasmiyatchilik, xolos. Aslida esa deputatlar o‘tgan haftadan buyon majlislarga yig‘ilgani yo‘q.
Buyuk Britaniya parlamenti 19-aprel kuni navbatdan tashqari saylov o‘tkazilishini ma’qulladi. Bir kun ilgari navbatdan tashqari saylov taklifi bilan Tereza Mey chiqish qilgan edi. O‘z taklifini bosh vazir muxolif partiyalar tomonidan qirollik Yevroittifoqdan chiqishiga qarshilik ko‘rsatilishini to‘xtatish xohishi bilan tushuntirdi.
Izoh (0)