Aktyor va xonanda Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida hozirgi kundagi konsertlarga deyarli bormasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Intervyu davomida Jahohir Zokirov konsert bergan vaqtida fonogramma orqali qo‘shiq quylagani uchun vijdoni qiynalganini ham aytdi.
2001-yil “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturimni taqdim etganman. O‘shanda fonogramma orqali kuylagandim. Konsert yakuniga yetguncha o‘zim ham tamom bo‘lay degandim. Sahnaga chiqib yolg‘ondan o‘zimni xuddi qo‘shiq kuylayotgandek tutganimni hazm qilolmay, vijdonim qiynalgan. Chunki aslida, fonogrammani jinim suymaydi. Shu sabab ham bugungi konsertlarga bormayman.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Mayli, mini-diskni qo‘yib, kuylashsin, kimdir buni o‘ziga ep ko‘rar, lekin shunga yarasha chiptalar narxini 5–6 barobarga arzonlashtirsin. Axir, fonogramma tomoshasi uchun yuz ming so‘mlab pul to‘lash noto‘g‘riku? Bunday xonandalarga faqat insof so‘rayman.
Javohir Zokirov, xonanda va aktyor
Izoh (0)