Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida moda sanoatining eng yirik tadbirlaridan biri Met Gala 2017 kostyumlar institutining har yilgi an’anaviy bali bo‘lib o‘tdi. Har yili tashkilotchilar bal mehmonlariga Metropoliten muzeyi ko‘rgazmasining mavzusiga mos liboslar kiyishni taklif qiladi. Bu yilgi ko‘rgazmada dizayner Rei Kavakuboning Comme des Garçons to‘plami namoyish etilgan.“Vedomosti” nashri namoyish etilgan liboslar jamlanmasini taqdim etdi.
Qo‘shiqchi Rianna u uchun maxsus tayyorlangan Comme des Garçons ko‘ylagi va Chopard bezagida.
Aktrisa Lili Kollinz bal uchun o‘z imijini o‘zgartirdi. Uning yangi soch turmagi aslida turmak emas, yasama soch. Giambattista Valli ko‘ylagi va Tiffany bezagi moda tanqidchilari tomonidan tadbirning eng yaxshi namunalaridan biri deb topildi.
Tennischi Serena Uilyams Versace ko‘ylagida.
Qo‘shiqchi Keti Perri dizayner Jon Gallyano tomonidan yaratilgan Maison Margiela markali ko‘ylakda.
Reper va musiqiy prodyuser Shon Kombs
Model Nataliya Vodyanova Diane von Furstenberg ko‘ylagida va dizayner Diana fon Furstenberg
Model Stella Maksvell va Eshli Grexem bal uchuin maxsus yaratilgan H&M ko‘ylagida
Aktrisa Juanna Mur Calvin Klein By Appointment ko‘ylagi va Chopard bezagida.
Model Lili-Rouz Depp Chanel ko‘ylagi va bezagida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)