Shveysariya federal razvedka xizmati (FIS) mamlakatda qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilishi tahdidi hamon yuqoriligicha qolayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Tashkilot hisobotida aytilishicha, Yevropada, shu jumladan, Shveysariyada teraktlar xavfi diniy radikal tashkilotlardan kelib chiqmoqda.
“Yangi hujumlarni kutish lozim”, — ogohlantirdi ekspertlar.
Aytilishicha, bugungi kunga qadar FIS Shveysariya bilan aloqada bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda radikal g‘oyalarni tarqatish bilan shug‘ullanib kelayotgan 500 dan ortiq foydalanuvchilarni aniqlagan.
Shveysariya hozircha teraktlar nishoniga aylanmagan, ammo boshqa mamlakatlarda ro‘y bergan qo‘poruvchilik harakatlari bilan ma’lum ma’noda bog‘langan. Jumladan, 2016-yil iyulida Fransiya shimolida rohibni garovga olib o‘ldirgan ikki erkak, Parijga Syurix va Jeneva orqali uchib kelgan. Bundan tashqari, dekabr oyida Berlin yarmarkasida terakt uyushtirgan shaxs hujumdan oldin Shveysariyada bo‘lgani ma’lum.
Izoh (0)