Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rio—2016 Paralimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik suzuvchilar 27—30-aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida o‘tgan xalqaro turnirda ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: MPQ

Foto: MPQ

Jahon seriyasi turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqada 45 davlatning 575 nafar sportchisi ishtirok etdi. Bunda O‘zbekiston delegatsiya safidagi sportchilar 6 nafarni tashkil qildi. Ular jami 9 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi: 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.

Dmitriy Xorlin 200 metrga kompleks usulida suzishda 2 daqiqa-yu 16.14 soniyalik natija qayd etdi. U 400 metrga erkin suzishda 04:11.41, 100 metrga batterflyay usulida suzishda 00:59.21 natijalarni ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkichlar Dmitriy Xorlinga har uch usulda ham oltin medallarni taqdim etdi.

Muzaffar Tursunxo‘jayev esa avvaliga 50, keyin esa 100 metrga erkin suzishda 2 ta kumush medal sohibi bo‘ldi.

Paralimpiya o‘yinlarida qahramonlik ko‘rsatgan ayol sportchilar — Shohsanam Toshpo‘latova va Fotima Amilova ham Britaniyadan sovrindor bo‘lib qaytdi. Bunda Toshpo‘latova uchta medalga ega chiqdi. Sportchi 50 metrga erkin usulda suzishda uchinchi natija ko‘rsatdi va bronza medali bilan cheklandi. 200 metrga kompleks hamda 100 metrga batterflyay suzishda esa kumush medallarga ega chiqdi.

Fotima Amilova 100 metrga brass usulida suzib, yakunda bronza medali sohibasi bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi