Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchilari Janubiy Koreya hududida bomba tashlash mashqlarini bajardi, bu KXDR tomonidan keskin reaksiya ko‘rsatilishiga sabab bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi yozishicha, Guamdagi harbiy bazadan ko‘chirib o‘tkazilgan B-1B strategik bombardimonchi samolyotlar 1-may kuni “KXDRning eng muhim obyektlariga havodan zarbalar berishni mashq qildi”. Agentlik o‘quv mashqlari “Tramp ma’muriyati va AQShdagi boshqa urush olovini yoquvchilar har kuni Shimoliy Koreyaga preventiv yadro zarbasi berishni yoqlab gapirayotgan” bir paytda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Shu tufayli Koreya markaziy telegraf agentligi “KXDR armiyasi amerikalik imperialistlarning harbiy harakatlarini diqqat bilan kuzatayotgani” haqida ogohlantirdi. “Pxenyan AQSh yadroli tiyish kuchlaridan foydalanib boshlaydigan har qanday urushga javob qaytarishga tayyor”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi