Milliy harbiy-kosmik razvedkaga tegishli NROL-76 sun’iy yo‘ldoshi ortilgan Falcon 9 tashuvchi raketasi Floridadagi Kanaveral burnidan muvaffaqiyatli uchirildi. Bu haqda, SpaceX kompaniyasining Twitter’dagi sahifasiga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Tashuvchi raketaning birinchi pog‘onasi Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi. U keyingi uchirilishlarda qayta qo‘llanadi.
Kompaniya birinchi marta harbiy obyektni fazoga uchirishi. Start 30-aprelga mo‘ljallangan edi, ammo sensor datchigidagi texnik muammolar tufayli u qoldirildi.
Izoh (0)