Germaniyada shotlandiyalik turist avtostradada selfi tushishga urinish chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea tungi soatlarda Gamburg sharqidagi Gudov kommunasida, A24 avtomagistralida ro‘y berdi. Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, uch nafar yosh yigit yo‘lning narigi tomoniga o‘tayotib selfi tushish uchun o‘rtada to‘xtagan.
Uch og‘aynidan birini — 22 yoshli yigitni Audi A6 mashinasi urib ketgan. Mashinani 73 yoshli erkak boshqarib ketayotgan edi.
Marhumning do‘stlariga shok holati tufayli tibbiy yordam talab etildi.
Politsiya ushbu voqeadan bir muddat oldin yigitlar alkogolli ichimliklar iste’mol qilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)