AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama Donald Trampning inauguratsiyasi vaqtida norozi va shubhali qiyofada bo‘lganligining sababini izohlab berdi, deb xabar qilmoqda “RIA Novosti”.
Mishel Obama Orlandodagi Amerika arxitektura institutida chiqish qilib, inauguratsiya vaqtidagi qiyofasi borasida ham to‘xtaldi. Mishelning aytishicha, u vaqt sobiq birinchi xonim o‘zining ko‘z yoshlarini bekitishga uringan.
“Men ko‘zimda yosh ko‘rinishini xohlamagandim, chunki unda odamlar meni yangi prezident tufayli yig‘layapti, deb o‘ylardi”, — dedi Mishel Obama.
Sobiq birinchi xonim unda hissiyotlarning uyg‘onishiga Oq Uydan ketish haqidagi o‘y sabab bo‘lgan. U prezident ma’muriyatidagi hayot mushkul bo‘lganiga qaramay, u farzandlari bunday hayotdan yana bir bor o‘tishini xohlashini tan oldi.
Sobiq birinchi xonim hozirda uning oilasi tunda oynalarni ochish yoki biror joyga hamrohsiz borish imkoniyatidan bahra olayotganini qayd etdi. Uning aytishicha, oradan qisqa vaqt o‘tgani bois ular o‘zlarining yangi hayotiga hozircha ko‘nikmagan.
Izoh (0)