26-aprel kuni AQShning Kanzas-Siti shahrida to‘pponcha bilan qurollangan erkak Jimmy John’s tamaddixonalar tarmog‘iga tegishli muassasaga o‘g‘rilikka tushdi. Uning kassir bilan suhbati aks etgan video internetda mashhur bo‘lib ketdi, deb xabar beradi TJournal.
Dastlab jinoyatchi restoranga oddiy tashrifchi sifatida kirib, ovqat buyurtma qila boshladi, so‘ng qurol chiqarib, pul talab qildi. Bunga javoban kassir mutlaqo pinagini buzmay, kassa apparatini ochdi va tushumni unga berib yubordi.
Izoh (0)