Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina sudi sobiq prezident Viktor Yanukovich va uning atrofidagilarga tegishli hamda avvalroq xatlangan 1,5 milliard dollarni musodara qilishga ruxsat berdi. Bu haqda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

“Oxirgi instansiya sudi qaroriga muvofiq, Yanukovich va uning komandasiga tegishli 1,5 milliard dollar musodara etildi. Bosh prokuror Yuriy Lutsenko va kengash kotibi Aleksandr Turchinov ‘Oshchadbank’ rahbariyatiga sud qarorini yetkazdi va bu haqda prezidentga hisobot berish uchun yo‘l oldi. Ayni paytda mazkur mablag‘ni davlat budjetiga o‘tkazish amalga oshirilmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Oshchadbank”da Viktor Yanukovich va sobiq bosh vazir Nikolay Azarovning bir milliard dollardan oshiq mablag‘i saqlangan. Ular hisob raqamlaridagi “toza kesh” va qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida ekanligi bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi