26-aprel kuni Toshkentning Radisson Blu mehmonxonasida Xalqaro intellektual mulk kuni va “Yangi intellekt-2017” eng yaxshi intellektual mulk obyekti tanloviga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
Intellektual mulk butunjahon tashkiloti tomonidan 2017-yil “Innovatsiyalar va hayot sifatini yaxshilash” yili deb e’lon qilingan.
Intellektual mulk agentligi ixtirochilik va ilmiy-texnik ijodni rag‘batlantirish, yangi texnikalar, texnologiyalar va raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga ko‘mak berish, eng yaxshi intellektual mulkni aniqlash maqsadida “Yangi intellekt-2017” tanlovi o‘tkazilishi haqida e’lon qildi.
Tanlovni o‘tkazish uchun Tashkiliy qo‘mita tuzilib, Intellektual mulk agentligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi mutaxassislari qo‘mita tarkibiga kiritildi.
“Eng yaxshi kashfiyot”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “EHM uchun yaratilgan eng yaxshi dastur va ma’lumotlar bazasi” yo‘nalishlari bo‘yicha 1—3-o‘rinlarni egallagan tanlov g‘oliblariga diplomlar, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)