Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya rasmiylari davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda gumon qilinayotganlarni ta’qib etishga haqli. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

Foto: EPA

Foto: EPA

“Turkiya o‘zini himoya etish va davlat to‘ntarishi ortida turganlarni ta’qib etishga haqli, biroq bu jarayon qonun ustuvorligiga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirilishi lozim”, — deya ta’kidladi Stoltenberg Yevroittifoq mudofaa vazirlarining Maltadagi norasmiy uchrashuvi arafasida. 

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga ko‘ra, mamlakat huquq-tartibot idoralari 26-aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi Fathulloh Gulen va uning FETO tashkiloti bilan aloqalarda gumon qilingan 1009 kishini qo‘lga oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)