Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Myunxenning “Bavariya” klubi Germaniya kubogining yarim finalida Dortmund “Borussiya”sidan yengildi — 2:3.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan mehmonlar, yakunda irodali g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga qadar esa “Bavariya” 2 ta gol urib, vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘lgandi.

“Borussiya Dortmund” Germaniya Bundesligasida uchinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Bavariya” chempionat startida yig‘ib olgan ochkolari sabab peshqadam bo‘lib turibdi.

So‘nggi bir oy “Bavariya” uchun qiyin keldi deyish mumkin. Klub Chempionlar ligasining yarim finaliga Xosep Gvardiola bilan ketma-ket uch bor yetib kelgandi. Karlo Anchelotti boshqaruvida esa “Bavariya” chorak finalda “Real” to‘sig‘idan o‘ta olmadi va har ikki o‘yinda ham yengildi.

Shuningdek, Anchelotti shogirdlari Bundesliganing so‘nggi ikki turida 4 ochko yo‘qotgandi. Mana endi mamlakat kubogining finalidan ham chetda qoldi.

Finalda “Borussiya Dortmund”ga Myonxengladbaxning “Borussiya” klubini penaltilar seriyasida taslim qilgan Frankfurtning “Ayntraxt” klubi raqib bo‘ladi.

Germaniya kubogi Yarim final 26-aprel, chorshanba

“Bavariya” — “Borussiya Dortmund” 2:3

Gollar: Marko Roys, 19 (0:1). Xavi Martines, 28 (1:1). Mats Xummels, 41 (2:1). Pyer-Emerik Obameyang, 69 (2:2). Usman Dembele, 74 (2:3).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi