“Olg‘a!” harakati asoschisi Emmanuel Makron Fransiya prezidentligiga saylovning ikkinchi turida “Milliy front” partiyasi yetakchisi bo‘lgan raqibi Marin Le Pendan 22 foiz ko‘p ovoz to‘plab, g‘alaba qozonadi. OpinionWay xizmati tomonidan 25-aprel kuni o‘tkazilgan so‘rov natijalari shunday xulosani keltirib chiqardi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mazkur xizmatning bashorat qilishicha, prezidentlik uchun saylovning hal qiluvchi turida Makronga aholining 61 foizi, Le Penga esa 39 foizi ovoz beradi.
Eslatib o‘tamiz, saylovning birinchi turi 23-aprel kuni bo‘lib o‘tdi.
Hal qiluvchi bosqich esa 7-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)