“O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyati 21-apreldan buyon O‘zbekiston provayderlari uchun internet xizmatlari tariflari 1 Mbit/sekund uchun 67,85 dollarga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Joriy yilda tariflar o‘ninchi marta tushirilishi. 1-yanvardan — 91,07 dollarga, 6-yanvardan — 87,14 dollarga, 10-yanvardan — 86,85 dollarga, 2-fevraldan — 86,11 dollarga, 16-fevraldan — 80,94 dollarga, 3-martdan — 76,61 dollarga, 30-martdan — 76,48 dollarga, 4-apreldan — 75,80 dollarga, 6-apreldan — 71,68 dollarga, 21-apreldan — 67,85 dollarga.
2016-yili provayderlar uchun internet tariflari o‘n ikki marnta tushirilgan edi.
Izoh (0)