Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Namangan viloyat IIB Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan joylarda chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Qayd etish joizki, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shu sababli bo‘lim tomonidan bugungi kungacha Uychi, Uchqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Chortoq va Kosonsoy tumanlarida shunday shaxslar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. 

Muloqotlar davomida ularga “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari tushuntirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish, chet el fuqarolarini viloyat hududiga vaqtincha va doimiy ruyxatga qo‘yish tartibi, qo‘shni davlatlar bilan fuqarolarning kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitim shartlari, fuqarolik pasportini olish bilan bog‘liq murojaat va muammolari tinglanib, ular yuzasidan tushuncha va huquqiy maslahatlar berildi.

Ochiq muloqotlar shahar va tumanlarda belgilangan jadval asosida davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi