Arxitektor Changiz Texrani Gollandiyaning Amersfort shahridagi bino fasadida emodzi smayliklarini arxitektura elementi sifatida foydalandi, deb yozadi TJournal.
Binoni bezatish uchun 22 ta har xil smaylikdan foydalanildi. Smayliklar dizayni WhatsApp messenjeridan olingan.
Texranining aytishicha, avvallari arxitektorlar binolarni eski gotik arxitektura uslubida bezatgan. Arxitektorning fikricha, XXI asr timsoliga aylangan emodzilar eski uslub o‘rnini bosa oladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)