Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z ishini dengiz farishtalari va iblislari hayotiga o‘xshatdi. Ular haqidagi film Rus geografik jamiyati vasiylik kengashining majlisida davlat rahbariga namoyish etildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Prezidentga dengiz farishtalari bu parhezining 70 foizi boshqa meduzalar — dengiz shaytonlaridan iborat bo‘lgan meduzalarning bir turi ekanligini hikoya qilishdi.
“Ishlaringiz natijasi bilan yaqinroq tanishish kerak bo‘ladi... Bizni hech kim yeb qo‘ymasligi uchun doim yon-atrofga qarashga to‘g‘ri keladi. Tabiatda nima yuz berayotganligini tomosha qilish juda foydali”, — dedi Putin.
Film Putinga Rus geografik jamiyatining “Rossiya arktik suvlari suvosti dunyosini tadqiq etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hisobot chog‘ida namoyish etildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)