Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida ikki kishi ko‘chki ostida qolib, halok bo‘ldi, yana ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda mamlakat FVV axborot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “Ekspress K”

Foto: “Ekspress K”

Xabar qilinishicha, 300 kub metr hajmdagi ko‘chki yakshanba kuni kunduzi Bozorqo‘rg‘on tumanida yuz bergan va suv quvurlarini ta’mirlayotgan sakkiz kishini bosib qolgan.

To‘rt kishi ko‘chki ostidan mustaqil ravishda chiqishga muvaffaq bo‘lgan, qolganlarni esa qishloq aholisi chiqarib olgan. Ko‘chki ostida qolganlarning biri voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda yo‘lda vafot etgan.

FVV axborot xizmati 10 kun avval ko‘chki yuz bergan joydagi aholini xavf haqida ogohlantirgan. Yakshanba kuni qutqaruvchilar uyi xavfli hudud yaqinida joylashgan yettita oilani evakuatsiya qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi