Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Meksikada qidiruvda bo‘lgan yirik narkobaronlardan biri, “Bo‘g‘oz” narkokarteli yetakchisi Komandante Buqa laqabli Xulian Manuel Loysa Salinas jinoyatchilar va Meksika federal xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvda o‘ldirildi. Bu haqda Tamaulipas shtatining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: “Lapresse.ca”

Foto: “Lapresse.ca”

“Tamaulipasda federal kuchlar jinoyatchilar bilan to‘qnashuvdan so‘ng Buqa va Pancho Karreon o‘ldirilganini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

Komandante Buqa Tamaulipasda eng ko‘p qidirilgan jinoyatchilar qatoriga kirgan. U Reynosa shahrida yo‘q qilingan.

Boshqa xabarlarda shtat rasmiylari fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirgan, chunki narkokartelning boshqa a’zolarini aniqlash bo‘yicha operatsiya davom etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi