O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olish maqsadida 24—28-aprel kunlari JobFairOnline — 2017 nomli onlayn-yarmarka o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘zA.
Talabgorlar “Jobfair.uz” internet portali orqali onlayn tarzda ishtirok etib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilishi va ishga joylashishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zekspomarkaz”da JobFair — 2017 o‘ninchi ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)