Eron atomi bo‘yicha kelishuv rasmiy Tehronga yadroviy bomba ustidagi ishlanmalarni olib borish imkoniyatini beradi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bayonot berdi.
“Shubha yo‘qki, atom bo‘yicha kelishuv Eron yadroviy bombalar va yadroviy arsenalning asosiy unsurlariga ega bo‘lishi uchun zamin yaratib beradi”, — uning so‘zlarini keltiradi “RIA Novosti”.
Netanyaxuning fikricha, AQSh ma’muriyati bu masalada Isroil bilan bir nuqtai nazarda turibdi.
“Asosiy tahdid Eron boshchiligidagi shia oqimidagi, IShID boshchiligidagi sunniy oqimidagi radikal islomdir. Ammo uzoq istiqbolda eng katta xatar Erondan keladi”, — ta’kidladi u.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)