Rasmiy Pxenyan AQShga qarshi yalpi urushga kirishga tayyor. Bu haqda KXDRning Rossiyadagi elchixonasi mudofaa masalalari bo‘yicha attashesi Kim Yon Zin bayonot berdi, deb xabar qildi “Gazeta.ru”.
Koreys xalq armiyasi tashkil etilishining 85 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimida diplomat ushbu bayonot bilan yig‘ilganlarga murojaat qildi.
“Agar ular aqlsiz provokatsiyaga qo‘l ursa, koreys inqilobiy kuchlari ayovsiz zarba beradi va yalpi urushga yalpi urush bilan javob beradi, yadroviy urushga yadroviy zarba bilan javob beradi”, — ma’lum qildi u.
Ilgariroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Shimoliy Koreyani provokatsiyalardan tiyilishga chaqirgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)