Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh sudi kelib chiqishi misrlik bo‘lgan va vatanida terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar sababli sirtdan jazoga hukm qilingan Xolid Abu ad-Daxabni Amerika fuqaroligidan mahrum etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Ad-Daxab 1997-yilda AQSh fuqaroligini qo‘lga kiritgan. U Kaliforniyada avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan, ayni paytda “Misr islom jihodi” radikal tashkiloti a’zosi bo‘lgan.

Sheriklariga soxta hujjatlar olish, Misr va Pokistonda teraktlar uyushtirishda ko‘maklashib kelgan. 1998-yili Misr rasmiylari uni sirtdan 15 yil qamoq jazosiga hukm qilgandi.

AQShda olib borilgan tekshiruvlar davomida u fuqarolik olish uchun noqonuniy asoslarda hujjatlar taqdim etgani va ma’muriyatni chalg‘itgani aniqlandi.

Sud hukmiga izoh bergan AQSh bosh prokurori Jeyms Seshns terrorchi deb tan olingan yoki bunda gumon qilinganlarni Amerika fuqaroligidan mahrum etish bilan faol va muntazam shug‘ullanilishini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi aholi murojaatlarini Telegram-bot orqali qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi
Dunyo
“Farzandlaringizni o‘limga yubormaslik uchun kurashing”. Zelenskiy — Dog‘istondagi safarbarlikka qarshi namoyishlar haqida