AQShda 12 yoshli qizcha avtomatik uzatish qutisidan foydalana olishi tufayli mashina o‘g‘risini to‘xtatib qoldi, deb yozadi “Motor”.
Meggi Veyler jinoyatchiga dvigatelni o‘t oldirish hamda o‘zi va salondagi yetti yoshli singlisi bilan mashinani olib qochishga to‘sqinlik qilishga erishdi.
Voqea Virginiya shtatida sodir bo‘ldi. Brendi Veyler dam olish kuni qizlarini bog‘ga olib borayotganda kutilmaganda miniven oldida avariya yuz berdi. Ayol mashinani to‘xtatib, yordam kerak-kerakmasligini aniqlash uchun undan chiqdi. Shu paytda mashinaga YTH aybdori yaqinlashib, eshikni ochib, rulga o‘tirdi.
21 yoshli Pol Salsman ketish kerakligi haqida ming‘illar edi. Meggi Veyler erkakni jinni deb o‘ylagan va qo‘llari bilan uning boshini ura boshlagan. Shu vaqt ichida bilagini sindirib ham olgan.
Bir paytning o‘zida qizcha avtomatik uzatish qutisi “drayv” holatida bo‘lsa, avtomobil o‘t olmasligini eslagan va uni tegishli pozitsiyaga o‘zgartirgan. Salsman yana bir muncha vaqt dvigatelni o‘t oldirishga uringan, keyin taslim bo‘lib, ko‘chaga chiqqan va politsiya yetib kelgunga qadar yana ikki mashinani olib qochishga uringan. Unga nisbatan narkotik ta’siri ostida avtomobil haydash va mashina olib qochishga urinish ayblari qo‘yilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)