Venesuelaning Citgo kompaniyasi AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasiga 0,5 million dollar ajratgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Citgo prezident Nikolas Maduro bilan bog‘langan PDVSA nomli Venesuela davlat neft-gaz korporatsiyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Citgo kompaniyasi AQSh prezidentining lavozimiga kirishishi marosimining eng yirik donorlaridan biri bo‘lgan.
Citgo kiritgan mablag‘ Pepsi (250 ming dollar), Walmart (150 ming dollar) va Verizon (100 ming dollar) kompaniyalari hissalaridan ham ko‘p bo‘lib, JP Morgan Chase va Exxon Mobil ajratgan mablag‘ga teng summani tashkil etgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)