21-aprel kuni ShHT TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ostona shahrida xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi hamda O‘zbekiston delegatsiyasining Pekindagi “Bir belbog‘, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Izoh (0)