Yomon ob-havo sharoitlari tufayli Ukraina yo‘llarida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “RIA Novosti” agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Yarim sutka davomida yomon ob-havo va yo‘l harakati qoidalarining buzilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Yana ko‘proq odam yaralandi. Qor yoqqan mintaqalarda safarlardan tiyilishni iltimos qilamiz, ayniqsa avtomobilingizni yozgi g‘ildiraklarga o‘tkazgan bo‘lsangiz”, — ma’lum qildi infrastruktura vaziri Vladimir Omelyan.
Oxirgi sutka davomida mamlakatda ob-havo keskin sovub, qor yog‘di, 150 dan ortiq aholi yashash punktlari elektr ta’minotidan uzilib qoldi.
Izoh (0)