“Suriya demokratik kuchlari” jangchilari Dayr-az-Zor viloyatida operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari vertolyotlaridan desant tushirish bilan birga kechdi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Telekanalning ma’lum qilishicha, IShID guruhi terrorchilarining al-Mayadin shahri yaqinidagi Suriya sahrosida joylashgan ta’minot chiziqlariga hujum uyushtirilgan.
Bu hududda IShID jinoiy guruhlari tomonidan egallab olingan at-Tanak va al-Jafra neft konlari ham joylashgan.
Amerika vertolyotlaridan bir necha o‘nlab jangchi tushirilgan, ular o‘z vazifasini bajargandan so‘ng ushbu hududni tark etgan. Operatsiya natijalari bo‘yicha tafsilotlar ma’lum qilinmadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)