Bugun — 15-aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida 6-turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi va unda Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qiladi.
Har ikki klub 2017-yilgi mavsumni ichki chempionatdagi ketma-ket uch g‘alaba bilan boshlab, keyingi o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Temiryo‘lchilar” G‘uzorda “Sho‘rtan”dan yengildi — 0:2. “Nasaf” esa Olmaliqda mag‘lub bo‘ldi — 0:1.
Mazkur jamoalar Toshkentda jami 12 bo to‘qnash kelgan. Natijalarda esa tenglik: 4 tadan g‘alaba va yana 4 ta o‘yinda durang. To‘plar nisbati — 10:10.
18:00 da start oladigan bellashuvda statistikada o‘zgarish yuz berishi mumkin. Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqaruvidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Izoh (0)