Toshkentning “Bunyodkor” klubi Chempionlar ligasining guruh bosqichi yakuniga 2 ta tur qolganiga qaramay, undan chiqish imkoniyatlarini to‘la yo‘qotib bo‘ldi.
4-turni Eronda “Zob Ohan” klubiga qarshi o‘tkazgan “qaldirg‘ochlar” 1:2 hisobida yengildi. Tomonlarning Toshkentdagi o‘yini forslarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.
Shu tariqa “Bunyodkor” qatorasiga uchinchi bor guruh bosqichidan o‘ta olmadi. Ularning barchasida Sergey Lushchan jamoaga ustozlik qilgandi.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 2008-yilgi mavsumdan boshlab OChL guruh bosqichida uzluksiz ishtirok etadi va Lushchan murabbiyligiga qadar ularning hammasida guruh o‘yinlarini muvaffaqiyat bilan yakunlay olgan.
Osiyo Chempionlar ligasi “C” guruhi. 4-tur 11-aprel, seshanba