Niger xavfsizlik xizmatlari “Boko Haram” radikal guruhining 57 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“57 nafar terrorchi o‘ldirilgan”, — deyiladi Niger mudofaa vazirligi xabarida.
Harbiylar jangarilardan Toyota pikapi, minomyot, ikki granatomyot, beshta pulemyot, 20 ta AK-47 va o‘q-dorilarni olib qo‘yganligi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq “Boko Haram” jangarilari Niger janubi-sharqidagi Diffa hududida joylashgan qishloqqa hujum qilishi oqibatida 15 nafar askar va ikki nafar fuqaro halok bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)