6–7-aprel kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 5-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi tur kutilmagan natijalar bilan boshlandi.
Amaldagi chempion “Lokomotiv” 6-aprel kuni G‘uzorga safar uyushtirib, “Sho‘rtan” klubidan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa, shu kunning o‘zida o‘tgan yilgi kumush medal sovrindori “Bunyodkor” Toshkentda “Qizilqum” futbolchilariga kichik – 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
7-aprel kuni mazkur turni o‘z maydonida o‘tkazgan vodiy jamoalari – “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” raqiblari “Dinamo” (2:1) va “Mash’al”ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi hamda turnir jadvalida “Lokomotiv”dan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda 1–2-o‘rinlarni band etdi.
Yangi bosh murabbiyga ega bo‘lgan “Paxtakor” o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi5-tur bellashuvlari6–7-aprel
“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Lokomotiv” (Toshkent) 2:0
Gollar: Umarbek Eshmurodov (17), Igor Taran (79).“Bunyodkor” (Toshkent) – “Qizilqum” (Navoiy) 0:1
Gol: Ilhom Yunusov (41).“Navbahor” (Namangan) – “Mash’al” (Muborak) – 1:0
Gol: Hasan Ergashev (69).“Paxtakor” (Toshkent) – “Metallurg” (Bekobod) – 1:0
Gol: Jasur Hakimov (12).“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Dinamo” (Samarqand) – 2:1
Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev (15), Filipp Rayevas (49) – Sardor Sulaymonov (78).“Buxoro” (Buxoro) – “Neftchi” (Farg‘ona) – 3:0
Gollar: Hamza Karimov (4, avtogol), Ivan Nagayev (14), Ivor Vayser (90 + 1).“So‘g‘diyona” (Jizzax) – “Obod” (Toshkent) – 1:0
Gol: Sarvar Rashidov (88, penalti).“Olmaliq” (Olmaliq) – “Nasaf” (Qarshi) – 1:0
Gol: Kamoliddin Murzoyev (50).“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)