Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya hukumati mamlakatning hududiy suvlar chegarasini va eksklyuziv iqtisodiy zonalarni belgilab turuvchi odam yashamaydigan 273 ta orolni rasman davlat mulkiga aylantirdi. Tegishli qaror Tokioda vazirlar mahkamasining yig‘ilishida qabul qilingan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Milliylashtirilgan orollarning rasmiy egasi bo‘lmagan. Hukumatning fikriga ko‘ra, orollarning rasmiy egasi bo‘lmaganligi qo‘shni davlatlarning, birinchi navbatda Xitoyning ularga nisbatan da’vogarlik xavfini keltirib chiqargan. “Sankey” gazetasi avvalroq xorijiy investorlar orollarni qonuniy tartibda sotib olishi mumkinligi haqida xabar bergan.

Pekin Sharqiy Xitoy dengizidagi Senkaku orollari hududida joylashgan yapon eksklyuziv iqtisodiy zonalari chegaralarini tan olmaydi va bu orollarga da’vogarlik qiladi. Bu hududlar uzoq vaqt yapon fuqarolariga tegishli bo‘lib, xususiy hisoblangan. Biroq 2012-yilda Yaponiya hukumati Senkaku orollarini to‘liq milliylashtirdi va shundan so‘ng Xitoy hukumati bilan keskin nizolar yuzaga keldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi