AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida Xitoy rahbari Si Szinpinni qabul qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Uchrashuv rasmiy ziyofatdan boshlandi. Unda Tramp va Si Szinpin turmush o‘rtoqlari bilan birga hozir bo‘ldi.
AQSh yetakchisi ziyofatdan so‘ng jurnalistlarga bo‘lajak muzokaralar haqida haqida hozircha hech narsa deya olmasligi, biroq Xitoy rahbari va uning rafiqasini qabul qilish uning uchun sharaf ekanligi, ikki tomonlama do‘stona munosabatlarga asos solinganini ma’lum qildi.
Shu tariqa ikki kunlik AQSh—Xitoy sammiti boshlandi.
AQSh davlat kotibi Reks Tillersonga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Shimoliy Koreya, xususan, uning yadro qurolini yo‘q qilish, shuningdek, ikki davlat savdo—iqtisodiy munosabatlari haqida “ochiq-oydin bahslar” olib boriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)