Sankt-Peterburgda “Jabhat an-Nusra” va IShID terrorchilik guruhlari bilan aloqadorlikda gumonlanayotgan sakkizinchi odam qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi Peterburg boshqarmasi saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “RBK”.
Boshqarma 5-aprel kuni terrorchilik harakatiga ko‘mak berishda gumon qilinayotgan yettinchi odamni hisbga olganligi haqida ma’lum qilgan edi. Avvalroq tergovchilar olti nafar gumonlanuvchini hibsga olgan edi. Qo‘lga olinganlarning barchasi asli kelib chiqishi O‘rta osiyolikdir. Tezkor xodimlar tomonidan ularning kvartiralari tintuv qilinganda ekstremistik adabiyotlar musodara etilgan.
Tergovchilar ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar 2015-yilning noyabridan boshlab Sankt-Peterburgda terrorchilik jinoyatlarini sodir etish hamda “Jabhat an-Nusra” va IShID faoliyatiga jalb etish uchun kelib chiqishi O‘rta osiyolik fuqarolarni yollagan. Ular, shuningdek, yollanayotgan fuqarolarni boshqa noqonuniy qurollangan tuzilmalar, jumladan, chet eldagi tuzilmalarga jalb etishga uringan.
Tergov qo‘mitasi xabarida, qo‘lga olinganlarning Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijrochisi bilan aloqalari yoki tanish ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega emasligi ta’kidlanadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)