O‘zbekistonlik yetti nafar bokschi Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilayotgan Qirol kubogi—2017 musobaqasiga jo‘nab ketgani ma’lum qilingandi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, yetti bokschining barchasi saralash bosqichida zafar quchishning uddasidan chiqa olgan. Ahamiyatli tomoni, ularning birortasi ham raqibiga imkoniyat qoldirmay, har uchala hakam e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
-49 kg. Hasanboy Do‘stmatov — Palam Karlo (Filippin) 3:0-52 kg. Jasur Latipov — Kritipak Duangnut (Tailand) 3:0-56 kg. Shahobiddin Zoirov — Kao Shin Yen (Xitoy Taypeyi) 3:0-60 kg. Murod Ahmadaliyev — Jeyms Paliste (Filippin) 3:0-64 kg. Elnur Abduraimov — Zufar Saparboyev (Turkmaniston) 3:0-69 kg. Shahram G‘iyosov — Manoj Kumar (Hindiston) 3:0-75 kg. Isroil Madrimov — Kan Chia Vey (Xitoy Taypeyi) 3:0
Bugun — 6-aprel kuni bokschilar yarim final doirasida ringga chiqadi.
Izoh (0)