“Manchester Siti” klubida faoliyat olib borayotgan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola APLda antirekordlarini davom ettirmoqda.
Bunga qadar La ligada “Barselona” va Bundesligada “Bavariya” bilan ishlagan Gvardiola bitta mavsumda bitta klubdan ikki bor mag‘lubiyat qabul qilib olmagandi. Antonio Konte murabbiylik qilayotgan Londonning “Chelsi” klubi Gvardiolani shunga majbur etdi.
Kecha — 5-aprel kuni APL markaziy o‘yinida “Chelsi” “Manchester Siti” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Tomonlarning birinchi davra Manchester shahrida o‘tgan o‘yinida ham “aristokratlar”ning qo‘li baland kelgandi — 3:1. Shu tariqa “Chelsi” chempionlik uchun kurashishi taxmin qilingan klubdan jami 6 ochko ishlab oldi.
Izoh (0)