Germaniya Bundesligasining 27-turida Myunxenning “Bavariya” klubi va nihoyat mag‘lub etildi.
Karlo Anchelotti boshchilik qilayotgan jamoa bunga qadar Bundesliganing ketma-ket besh o‘yinida g‘olib chiqib, shularning 2 tasini yirik, yana 2 tasini o‘ta yirik hisoblarda yakunlagan va jami 21 ta gol urgandi.
Sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan “Xoffenxaym” maydoniga safar etgan “Bavariya” o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi va butun o‘yin davomida unga javob qaytara olmadi. Tomonlarning Myunxendagi o‘yinida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi. Shu tariqa Anchelotti 30 yoshli mutaxassis boshqarayotgan klubni har ikki o‘yinda ham taslim qila olmadi.
Ma’lumot uchun, “Xoffenxaym” mavsum davomida bor-yo‘g‘i ikki marta mag‘lub bo‘ldi.
Germaniya Bundesligasi 27-tur o‘yinlari 4-aprel, seshanba
Izoh (0)