Niderlandiyaning Amsterdam shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshli Milan Shipper kollejga o‘qishga kirishdan avval Avstraliyaning Sidney shahriga tashrif buyurishga qaror qildi. Biroq u boshqa yo‘nalishga chipta xarid qilib, Kanada sharqidagi Sidneyga borib qoldi, deb xabar bermoqda TJournal.
Shipperning so‘zlariga ko‘ra, u Avstraliyaga uchish uchun eng arzon variantlarni izladi va 300 dollar evaziga Sidneyga chipta topdi. Shipper chipta haqidagi ma’lumotlarni batafsil o‘rganmay, uni darhol sotib oldi.
U Amsterdamdan Sidneyga yo‘l olayotganida ham hech qanday shubhaga bormadi. Yigit Toronto shahriga yetib kelgandagina, yo‘lovchilarning Air Canada aviakompaniyasining samolyotiga o‘tayotganidan shubhaga tusha boshladi. O‘shanda Shipper Avstraliyaga ketmayotganini tushunib yetdi.
O‘sha vaqtda yana bir Sidney bor ekanini tushunib yetdim.Yigit xatosini tushundi, qattiq tushkunlikka tushdi, ammo ortga yo‘l yo‘q edi. Chunki samolyot havoga ko‘tarilib bo‘lgandi. Oradan bir necha soat o‘tib, u Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasidagi Sidney shahriga yetib keldi. Samolyot yerga qo‘nganida kuchli qor yog‘ayotgan, yigit esa futbolka, ishton va yupqa kurtkada edi.Milan Shipper
Shipper aeroport xodimlariga vaziyatni tushuntirdi va xodimlar unga Toronto, u yerdan esa Amsterdamga yetib olishda ko‘mak ko‘rsatdi.
Xabarda qayd etilishicha, Milan Shipperdan tashqari o‘sha reysda Avstraliyaga bormoqchi bo‘lgan amerikalik ayol ham bor edi. So‘nggi yillarda mazkur ikki shaharni argentinalik sayyohlar, italiyalik juftlik va gollandiyalik pensioner adashtirib yuborgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)