San-Fransiskoda yashovchi Lyusi ismli qiz AQSh prezidenti yuristlaridan o‘zi tomonidan yaratilgan va mushukcha Trampning yuzini timdalayotgani aks etgan saytdan norozilik bildirilgan maktub oldi. Bu haqda u The Observer nashriga ma’lum qildi.
Lyusiga ko‘ra, yuristlar unga davlat rahbarini haqoratlagani uchun sudga berish bilan tahdid qilgan. Qiz sayt nomini TrumpCat’dan KittenFeed’ga o‘zgartirdi, biroq advokatlar uni butkul o‘chirib tashlashni talab qilmoqda.
17 yoshli Lyusi dasturlash bo‘yicha tahsil oladi. U mashq tariqasida oddiy bir sahifali sayt yaratgan bo‘lib, unda foydalanuvchilar prezidentni timdalashga urinayotgan mushukcha o‘rniga buni amalga oshirishi mumkin edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)