AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 2013-yilda lavozimini tark etgandan keyin ham mamlakat Davlat departamentining o‘ta maxfiy hujjatlari bilan tanishish huquqiga ega bo‘lgan. Bu haqda AQSh Kongressi senati yuridik qo‘mitasi raisi, respublikachi Chak Grassliga tayanib, Fox News xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Uning ma’lum qilishicha, AQSh prezidentlik lavozimiga sobiq nomzoddan tashqari ular bilan Klintonning olti nafar xodimi ham tanisha olgan. Grasslining so‘zlariga qaraganda, sobiq davlat kotibi 2015-yilning aprelida davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘yish rejasi haqida ma’lum qilgandan keyin ham ular bilan tanishish huquqini saqlab qolgan. Bunga go‘yoki Klinton memuarlari ustida ishlashi uchun ruxsat berilgan.
“Mazkur huquq bekor qilingan-qilinmaganligi yuzasidan Davlat departamentiga bir necha murojaatimga Obama ma’muriyati javob berishdan bosh tortgan”, — deydi senator.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)