Toshkentda o‘zbek tilidagi “Samarali savdolar” kursi bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarni Ucell, Procter&Gamble, Dekos va Deli Uzbekistan kompaniyalari mutaxassislari olib boradi.
Alpha Education Biznes maktabi o‘zbek tilidagi “Samarali savdolar” kursi uchun tinglovchilar qabul qilishni boshladi. Ushbu noyob kursda siz savdolarning mijozni aniqlashdan tortib, bitim tuzish va takroriy savdogacha bo‘lgan beshta asosiy bosqichlaridan o‘tasiz.
Kurs spikerlari:
- Bobur Po‘latov — Synergy Distribution (Procter&Gamble’ning rasmiy distribyutori) tijorat direktori;
- Nodirbek Kuzdekov — Ucell’ning mahsulotlarni ishlab chiqish va B2B xizmatlari seksiyasi menejeri (korporativ savdolar va savdo marketingida 9 yillik ish tajribasiga ega);
- Hasan Mamasaidov — Dekos direktori;
- Husan Mamasaidov — Deli Uzbekistan direktori;
- Aziz Gaparov — Compass Consulting kompaniyasining marketing va biznes-strategiya bo‘yicha konsultanti;
- Akmal Nosirov — Ucell kompaniyasida yirik mijozlar bilan ishlash bo‘yicha seksiya menejeri;
- Akrom Najimov — Ucell kompaniyasida hududlarda yangi korporativ mijozlarni jalb qilish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i.
- Mijozning portretini tuzish
- Lid generatsiyasi va lid ustida ishlash
- Og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan kommunikatsiya
- E’tirozlar bilan ishlash va bitimni yopish
- Post savdo
Tinglovchilar O‘zbekistonda katta ish tajribasiga ega bo‘lgan tajribakor mutaxassislardan tayyor instrumentlarga ega bo‘ladi.
Kurs 24-apreldan 28-aprelgacha davom etadi. Sizni 18:30 dan 20:30 gacha 5 ta mashg‘ulot kutadi.
Kurs narxi: 2 100 000 so‘m
Kursga yozilish uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling: +998 (99) 835-05-25
Alpha Education. Mukammallikning chegarasi yo‘q!
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)