Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Berlindagi Yevropa ittifoqining yagona tashqi va mudofaa siyosatiga bag‘ishlangan Sotsial-demokratik partiya forumida Ittifoq Brexit shartlari bo‘yicha olib boriluvchi muzokaralarda qirollikni jazolashga urinmasligi kerakligini qayd etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bir necha kundan so‘ng biz Londondan (Ittifoqdan chiqish jarayoni boshlangani haqida) maktub olamiz, biz Buyuk Britaniya bilan yaxshi, yaqin aloqalar saqlanib qolishidan manfaatdormiz. Albatta, o‘z manfaatlarimizni hisobga olishimiz kerak, biroq bu Buyuk Britaniyani jazolash shiori ostida bo‘lmasligi kerak”, — dedi vazir.
Zigmar Gabriel qirollik bilan iloji boricha yaqin bo‘lib qolish lozimligini ta’kidladi. “Negaki biz bir-birimizga bog‘liqmiz. O‘ylashimcha, britaniyaliklar ham bir kun buni sezsa kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Gabriel. Uning ta’kidlashicha, o‘zaro bog‘liqlik asosan mudofaa sohasida kuzatilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)