Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon uchun JCh—2018 saralashidan joy olgan Albaniyaga qarshi uchrashuv yubiley bo‘lib tarixga kirdi.
Professional karyerasi davomida Buffon 1000-o‘yinini o‘tkazdi. Shularning 832 tasi klublar chekiga tushsa, yana 168 tasida darvozabon Italiya terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan.
Buffon ikki yil avval bankrot deya e’lon qilingan “Parma” safida 220 ta uchrashuv o‘tkazgan. Turinning “Yuventus” klubida esa 612 ta bellashuvda qatnashgan. Bunda barcha musobaqalar qo‘shib hisoblangan.
Yubiley o‘yinda Italiya termasi Albaniya ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi va Buffon darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Izoh (0)