Statistiklar Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga qadar yetib kelgan jamoalarda to‘p suradigan futbolchilar narxidan kelib chiqib, sakkiz jamoa orasida eng qimmati “Qirollik klubi” ekanini aniqladi.
Ayni vaqtda “Real” sharafini himoya qilayotgan futbolchilarning umumiy narxi 766.800.000 yevro. Bu Fransiya chempionatida yetakchilik qilayotgan, Chempionlar ligasining avvalgi bosqichida “Manchester Siti”ni qoldirib ketgan “Monako”dan uch barobar ko‘proq deganidir.
Narx borasidagi ko‘rsatkich borasida “Barselona” Madrid klubidan keyin ikkinchi bo‘lib turibdi. Kuchli uchlikni “Bavariya” yakunlagan.
Izoh (0)