Rossiyada o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqish uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlari saralashning 5-turi doirasida maydonga tushdi va birinchi davra o‘yinlarini yakunladi.
“I” guruhini Turkiya terma jamoasi muvaffaqiyatsiz boshlab, ketma-ket uch turda ochko yo‘qotgandi. Kosovoga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alaba turklarning so‘nggi natijasi bo‘lib turgandi. Kecha ular Finlyandiya ustidan ham shu hisobda zafar quchib, ochkolar soni bo‘yicha Ukrainaga yetib oldi.
Xorvatiya esa Ukraina ustidan zafar quchib, peshqadamligini mustahkamladi. 1-turda Turkiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan xorvatlar, keyingi to‘rt turning barchasida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
JCh—2018. Yevropa “I” guruhi. 5-tur 24-mart, juma
Izoh (0)