O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga O‘zbekistonga tashrif buyurishni taklif qildi. Bu haqda “Inform.kz” xabar bermoqda.
“Bugungi muzokaralar, bugungi tashrif tarixiy bo‘ladi deb o‘ylayman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev Oq O‘rdadagi ikki tomonlama uchrashuvda.
O‘zbekiston rahbari, shuningdek, Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashi muvaqqat a’zo sifatida saylanishi tarixiy hodisa bo‘lib, Markaziy Osiyo hududi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qildi.
Qozog‘istonning BMTga muvaqqat a’zoligining ikki yili davomida Afg‘oniston bo‘yicha choralar qabul qilinishiga ishonaman.O‘zbekiston Respublikasi rahbari Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun juda muhim ekanligini ta’kidladi.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti
Biz siz bilan tez-tez uchrashib turishga, soatlarni to‘g‘rilash va oldinga harakatlanishga kelishib oldik. Nursulton Abishevich, sizni o‘zingiz uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga taklif qilaman. Sizni O‘zbekistonda kutib olishdan juda xursand bo‘laman.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti
Izoh (0)