Madridning “Atletiko” klubi ustozi hisoblangan Diyego Simeone Onda Cero kanalida chiqish qilib, jurnalist tomonidan berilgan bir qator savollarga javob berib o‘tdi.
“Sports.ru”ning oydinlik kiritishicha, javoblar orasida Madridning boshqa bir klubi “Real”ga ustozlik qilmaslik borasidagi fikr ham bor.
Hech qachon “Real” murabbiyi bo‘lmayman. Bu hissiyotlardan kelib chiqqanimizda ham mantiqiy bir hol. Ularning o‘zi ham meni taklif qilmasa kerak.Argentinalik mutaxassis Ispaniyaning boshqa bir klubida faoliyat olib borishi mumkin. Orzularining cho‘qqisidan esa Argentina milliy terma jamoasini boshqarish o‘rin olgan.Diyego Simeone, “Atletiko” bosh murabbiyi
Qachonlardir Argentina terma jamoasini boshqarishni istar edim. Biroq buning uchun eng yaxshi bo‘la olishim kerak. Bu hol karyeramning hal qiluvchi qismida ro‘y berishini xohlardim.Ma’lumot uchun, Diyego Simeone boshqaruvida “Atletiko” La liga chempionligini qo‘lga kiritishdan tashqari Yevropa Chempionlar ligasining finaliga qadar ikki bor yetib keldi va har ikkisida ham aynan “Real”dan yengildi. “Real”da ishlamasligi borasidagi qarorga finallardagi shu mag‘lubiyatlar sababmi yoki yo‘q — oydinlik kiritilmagan.Diyego Simeone, “Atletiko” bosh murabbiyi
Izoh (0)